Suka cholg‘u asbobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suka (polyakcha: Suka — Polshada mashhur boʻlgan kamonli torli cholgʻu asbobi. XIX asrga oid rasmlaridan maʼlum, hozirda yoʻqolgan. Chol’gu asbobini qayta tiklashga urinishlar olib borilmoqda. Uchbu musiqa asbobini Polshaning zamonaviy musiqiy guruhlaridan Varshava Village Band[1] qoʻllaydi.

Ushbu asbobdan Krit lirasida chalishganidek soz chalishgan, u tizzaga vertikal ravishda qoʻyilgan yoki kamarga osilgan. Torlarni tirnoqlari bilan borsilgan.

Asbob korpusi skripkanikiga oʻxshash, lekin boʻyni ancha kengroq va torlarni tortib turuvchi qoziqlari birmuncha qoʻpol. Torlar tonik, beshinchi (kvint) va oktavaga sozlangan.

Asbob tizzada ushlab turilb chalinadigan cholgʻu asboblari oilasi va zamonaviy skripka oʻrtasidagi „oʻtish davri“ cholgʻusi hisoblanadi.

Bugungi kungacha birorta ham haqiqiy suka yetib kelmagan, ammo asbob 1895-yilda Voytsex Gerson tomonidan akvarel kartinasidan rekonstruksiya qilingan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Журнал Young Fiddler’s Forum, март 2006“ (deadlink). 2008-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-iyul.
  2. Maria Pomianowska, Zespół polski, "Oj chmielu... Stare pieśni i tańce polskie", Agencja Artystyczna MTJ, Warszawa 1996.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]