Husniddin Aliqulov Turkiyaga ketyapti

    Husniddin Aliqulov Turkiyaga ketyapti

    U “Rizaspor” klubi bilan kelishuvga erishgan

    Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Nasaf” klubi himoyachisi Turkiya Superligasiga oʻtishi mumkin. Karadenizgazete nashri xabariga koʻra, u oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra, quyi ligadan Turkiya Superligasiga qaytgan “Rizaspor” klubi bilan kelishuvga erishgan.

    24 yoshli futbolchimiz yangi klubida legioner emas, mahalliy futbolchi maqomida boʻladi. Chunki Turkiya futbol federatsiyasi qaroriga koʻra, Turkiy tilli davlatlar kengashiga aʼzo mamlakat futbolchilari bu yurtda legioner hisoblanmaydi.

    Husnidin Aliqulov Superliga joriy mavsumida 12 oʻyinda 5ta golga mualliflik qilgan.