Kuba - ozbek tilida

Kuba

Kuba (Cuba), Kuba Respublikasi (Republica de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba o. va katta Antil o. lari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Mayd. 110,86 ming km2. Aholisi 11,2 mln. kishi (2001). Poy- taxti — Ganava sh. Ma’muriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar muni- tsipiyalarga bo’lingan. Davlat tuzumi. K. — sosialistik davlat. Amaldagi Konstitusiyasi 1976 y. umumxalq referendumida ma’qullangan, unga 1992 y. da tuzatishlar kiritil- gan. Davlat hokimiyatining oliy orga- ni va qonun chiqaruvchi organ — Xalq hokimiyati milliy Assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi o’rinbosari va 5 o’rinbosari, kotibi va 23 a’zosi sayla- nadi. Davlat Kengashining raisi (Fidel Kastro rus) davlat va hukumat boshlig’i hisoblanadi, milliy mudofaa kenga- shiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi — Vazirlar kengashi (hukumat). Uning a’zolari Xalq hokimiyati milliy Assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi. Tabiati. K. hududi, asosan, tekislik. Kir va tog’lar K. ning 1/3 qismini egal- lagan. Kuba o. ning Markaziy qismida Guamuaya tog’i bor (bal. 1156 m). Eng ba- Land tog’lar mamlakatning Jan.-sharqida. Jan. sohili bo’ylab Serra-Maestra tog’lari cho’zilgan (bal. 1974 m li Turki- no cho’qqisi K. ning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganes, asbest, tosh tuz, fosfo- rit, neft, gaz, xromit konlari va b., Xuventud (Pinos) o.da nikel, kobalt, temir, marganes, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, Mar- Mar va kaolin konlari bor. Iqlimi — tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada bo’ladi, yomg’irli mavsum — may — okt. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 22,5°, avg. niki 27,8°. Minimal t-ra 5° dan yuqori, maksimal t-ra 40°ga etadi. Yillik yog’in tekisliklarda 1000— 1200 mm, tog’larda 2200 mm gacha. Qurg’oqchilik mavsumi noyab. dan apr.gacha, asosan, K.ning Jan.dagi te- kisliklarida ro’y beradi, dahshatli do- vul va tropik tsiklonlar bo’lib turadi. Daryolarining ko’pi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (o’z. 370 km) Serra-Maestra tog’laridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomg’ir Su- vidan to’yinadi. K. hududining 10% chasi o’rmon. Tog’ etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam tuproqli erdarda keng bargli va doim yashil o’simliklar, jumladan, palma hamda Kan daraxtla- ri, quruq va Toshloq erdarda qarag’ay o’rmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli butalar, kaktus va aga-valar o’sadi. Er o’zlashtirish davrida ko’proq tekisliklardagi daraxtlar kesil- gan. Bunda ba’zi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun K.ning hoz. tekislik landshafti tashqi ko’rinishdan palmazorlarga o’xshab ke- tadi. Hayvonot dunyosida umurtqalilar kam, ko’pchilik hayvonlar endemiklar- dir. Ko’rshapalakning 23 turi bor. Qushlarning 300 dan ortiq turi ma’- lum. Ularning ko’pi faqat qishlash uchun uchib keladi. Mahalliy turlari — ko- libri, to’tilar va mayda taskaralar. Kaltakesaqlar, toshbaqa, timsoh, bo’g’ma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan ter- MIT va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi krab va qisqichbaqalar bor. Qo’riqxonalar: el-Kabo, Ko’pell va b.; rezervatlar: Sevaga-de-Sapata, Sevaga- de-Laner. Aholisining 98% dan ko’prog’i kubaliqlar; Xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy aqoli — indeys- larning avlodi ham uchraydi. Dindorla- ri xristian dinining katolik va prote- Stant mazhabiga e’tiqod qiladilar. Ras- miy tili — ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas, S’en- fuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa- Klara va b. Tarixi. Mil. AV. 4-ming yillikdan ilgariroq ham K.da indeys qabilalari yashagan. 7-9-a.larda K.ga Jan. Ame- Rikadan mayarlar, subtaino va tayno qabilalari ko’chib kelgan. Bu qabilalar ovchilik, baliq ovlash va dehqonchilik b-n shug’ullangan. 15-a. oxirlarida orolda 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Orolga 1492 y. okt.da X. Kolumb ekspedi- tsiyasi etib kelgan. O’sha vaqtda K.da ara- nak indeys qabilalari yashardi. 1510 y. uni ispanlar bosib olib, aholini qirib tashlay boshladi. Indeyslar o’z Sardor- lari — Atuey va Guam rahbarligida bosqinchilarga qarshi qattiq kurash- Di. Og’ir mehnat, ochlik va kasallik oqibatida 5 ming indeys tirik qoldi, xolos. Shuning uchun mustamlakachilar konlar va shakarqamish plantasiyalarida ishlatish uchun Afrikadan negr-qullar keltirdilar. Iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanishi natijasida (18-a. oxir- larida) K. xalqi shakllana boshladi. Ispaniya mustamlakalarining 1810-26 y.lardagi mustaqillik uchun olib bor- gan urushi vaqtida K. er egalarining ilg’or qismi F. Arango-i-Parreno rahbarligida iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar qilish uchun kurashdi. Vati- jada Ispaniya bir oz yon berishga (tamaki monopoliyasini bekor qilish, erkin sav- doga ruxsat berish va b.) majbur bo’ldi va bu narsa K.ning iqtisodiy yuksali- shiga olib keldi. 19-a.ning 20-y.lari- dan K, da gaz.lar chiqa boshladi, yashirin jamiyatlar paydo bo’ldi. Ular o’z oldiga mustaqillik uchun kurashni maqsad qilib qo’ydi. 1844 y. negr-qullarni ozod qilish uchun harakat qatnashchilari qattiq jazo- landilar. 19-a.ning 30-y.larida K.da dastlabki tamaki va sigara f-kalari paydo bo’ldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. 1868 y. 10 okt.da Orente viloyati- da K. M. de Sespedes rahbarligida K. vatanparvarlarining qo’zg’oloni bosh- landi. Ular e’lon qilgan manifest K. xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 y. lik milliy ozodlik ku- rashini boshlab berdi. Qo’zg’olonning maqsadiga to’la-to’kis erishilmagan bo’lsada, ammo 1886 y. quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qat’iy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892 y. X. Marti AQSh da K. inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895 y. 24 Fev.da Orente viloyatida K. mustaqilligi uchun qurolli qo’zg’olon ko’tarildi. 1895 y. sent.da K. Respubli- kasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi Konstitusiya ishlab chiqildi. 1897 y. noyab.da Ispaniya K.ga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida K.ning ko’p qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898 y.apr.da AKSH Ispa- niyaga qarshi urushga qo’shilib, Ispaniya- ni tor-mor keltirdi va o’sha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga ko’ra, K. rasman mustaqil deb e’lon qilingan bo’lsa ham, haqiqatda 1898 y.dan 1902 y.gacha AQSh tasarrufida bo’ldi. 1903 y.gi adolatsiz shartnomaga bi- noan, AKSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini noma’lum muddatgacha ijaraga oldi. 1925 y. mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura o’rnatdi. 1934 y. yanv.da hukumat F. Batista ku- liga o’tdi, u harbiy-polisiya rejimi- ni o’rvatdi. 1935 y. martda umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista re- jimini bekor qilish, yangi demokra- tik Konstitusiya tuzish talab etildi. 1944— 48 y.larda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik qildi. Mavjud si- yosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va h.k. hukumatni demokratik tashqilotlarga yon berishga majbur etdi. 1952 y. 10 martdagi davlat to’ntarishi natijasida hokimiyatni Yava F. Batista egalladi. Shu sharoitda F. Kastro Rus boshliq inqilobchi yoshlar guruhi Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash bosh- ladi. 1953 y. 26 iyulda guruh Santyago- de-Kubadagi Monkada kazarmasiga hujum qildi. Pekin bu qujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. F. Kastro va uning safdosh- lari hibsga olinib, 15 y.lik qamoq ja- zosiga hukm qilindi. 1955 y. keng ja- moatchilik tazyiqi natijasida hukumat mahbuslarga afv e’lon qildi. F. Kastro AQSh ga, so’ng Meksikaga ketdi va u erda F. Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash rejasini ishlab chikdi. 1956 y. 2 dek.da F. Kastro boshchiligidagi guruh “Granma” yaxtasida K.ga kelib tushdi. Shu paytdan mamlakatni F. Batista rejimi- dan ozod etish uchun kurash boshlandi. 1957 y. 13 martda talabalarning “inqilobiy direktorat” degan siyosiy tashkiloti Batista hukumatini yuqotish maqsadida prezident saroyiga bostirib kirdi. 1959 y. 1 yanv. kechasi Batista hokimiyati ag’darildi. 1959 y. Fev.da F. Kastro boshliq hukumat tuzildi. O. Dortikos Torrado prezident bo’ldi. __ K. — 1945 y.dan BMTa’zosi. 1992 y.da O’zR mustaqilligini tan olgan. Mil- liy bayramlari: 1 yanv. — Ozodlik kuni (1959), 26 iyul — Milliy qo’zg’olon kuni (1953). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. K. kommunistok partiyasi, 1961 y.da 3 tashqilot: K. xalq sosialistax partiyasi, “26 iyul harakati” va “13 mart inqilobiy direktorati”ning bir- lashuvi natijasida vujudga kelgan. K. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi. Xo’jaligi. K. — agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat i.ch. ning hammasini, qurilish va savdoni, transportning 98% ni, q.x.ga yaroqli erdarning 80% ni o’z ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sa- noatning ulushi 46%, qishloq, o’rmon xo’jaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%.. Qishloq xo’jaligining asosi — shakarqamish etishtirish. Ekinzor- larning yarmiga (1,5 mln. ga erga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, Mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildiz- mevalilar, meva, tsitrus, moyli ekinlar, paxta va b., yil bo’yi sabzavot va poliz mahsulotlari etishtiriladi. Ananas, ba- Nan, qovun daraxti, kokos palmasi, ka- NOP anchagiva maydonni egallaydi. Chor- vachiligi, asosan, go’sht-sut yo’nalishida. Qoramolchilik, cho’chqachilik, parranda- chilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Sanoati. Qand-shakar i.ch. — K. sa- noatining etakchi tarmog’i. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan z-dlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey VI- loyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxo- nalaridan, go’sht k-tlari, sut-sariyog’, moy z-dlari va b. dan iborat. Soya moyi va ara- lash em, er yong’oq, palma moylari va b. ishlab chiqariladigan z-dlar bor. Tama- ki mahsulotlari ishlab chiqariladigan f-kalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim FA- brikat asosida ishlaydi. 1 y.da o’rtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Gazlama va to’qimachilik buyumlariga bo’lgan ehtiyoj 50-60% ta’minlanadi. To’qimachilik k-ti va f-kalari bor. Ko’n poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan ta’min etadi. K.da yirik tsement z-Di, temir-beton konstruktsiyalar, g’isht va b. z-dlar, uysozlik k-ti, oyna-shisha kti bor. Konchilik sanoati va rangli metal- lurgiya nikelli, misli va b. ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalari- dan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-o’rinda turadi. Q.x. mashina- lari, dizel motorlari z-dy, elektrod- lar f-kasi, kema qurish va ta’mirlash korxonalari mavjud. So’nggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi o’ringa chiqdi. Transporti. Ichki aloqalaruchun Avto- mobil transporti muhim ahamiyatga ega. T. y. ning o’z. — 4,8 ming km. Avtomobil yo’llari o’z. — 14,5 ming km. Eng yirik portlari — Ganava va Santyago-de-Kuba. K. chetga shakarqand, ruda va ruda kon- tsentratlari, nikel, tsitrus mevalar, ichimlik, tamaki va tamaki mahsulotlari chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, trans- port vositalari, neft va neft mahsulotlari, g’alla, oziq-ovqat, yog’och va h. k. olinadi. Tashqi savdoda RF, Lotin Amerikasi va Evropadagi ba’zi mamla- katlar b-n hamkorlik qiladi. Pul birli- gi — Kuba pesosi. Tibbiy xizmati. Vrachlar un-tlarning tibbiyot f-tlarida, hamshiralar bi- lim yurtlarida tayyorlanadi. K.da San- Visente, San-Diego-Delos-Ban’os, San- ta-Fe va b. mashhur kurortlar bor. Maorifi, ilmiy va madaiiy-ma’ri- fiy muassasalari. 1961 y. gi qonunga binoan, maorif davlat ixtiyoriga olin- Di va o’qish bepul qilindi, 9 y. lik (6 y. lik boshlang’ich va 3 y. lik asosiy o’rta) majburiy ta’lim joriy etildi. Hamma o’quv yurtlarida stipendiya beriladigan bo’ldi. Oliy o’quv yurtlari: Ganava un- ti, Santyago-de-Kuba, Santa-Klara, ka- maguey un-tlari, Ganava yaqinida Oliy ped. in-ti, Milliy san’at maktabi, chet tillar oliy in-ti va b. Eng yirik kutub- xonalari: Xose Marti nomidagi Milliy kutubxona, Ganava un-ti kutubxonasi. Ganavada Milliy muzey, Xalq san’ati muzeyi, inqilob muzeyi, antropologiya muzeyi va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: “Granma” (kundalik gaz., 1965 y.dan), “Trabaxadores” (“mehnatkash”, haftalik gaz., 1970 y.dan), “Tribuva de la Ganava” (“Ganava minbari”, haftanoma, 1980 y.dan), “adelante” (“olg’a”, gaz., 1959 y.dan), “Vanguardia” (“ilg’or”, gaz., 1962 y.dan), “Venseremos” (“biz engamiz”, gaz., 1972 y.dan), “Viktoria” (“g’alaba”, gaz., 1967 y.dan), “Muxeres” (“ayollar”, oylik jur., 1961 y.dan), “Xiron” (gaz., 1960 y.dan), “Eskambray” (gaz., 1979 y.dan) va b. Milliy axborot agentligi — hukumatning rasmiy agentligi, 1974 y.da tuzilgan; Prensa lativa, Lotin Ameri- kasi axborot agentligi, 1959 y.da asos solingan, Ganavada joylashgan. K. radio- eshittirish va teleko’rsatuv in-ti davlat muassasasi bo’lib, u 1962 y.da tuzilgan, mamlakatdagi radioeshittirish (1922 y.dan boshlangan) va teleko’rsatuvlarni (1950 y.dan boshlangan) nazorat qiladi. 1997 i. mamlakatda 5 milliy, 1 xalqaro, 14 viloyat va 31 munisipal radiost-ya ishladi. K. televideniesi Ganavada joy- lashgan. Adabiyoti. S. Bilbaoning “Sabr ko’zgusi” dostoni (1608) K. adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan sanala- Di, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-a. boshlaridan kitob nashr etila boshlashi, Ganava un-ti ochi- lishi, davriy nashrlar paydo bo’lishi K. adabiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 18-a. oxirlarida Frantsiyadagi burjua inqilobi va shim. Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar ta’sirida K. yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M. X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va b.) Gana- va vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga to’planib, ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qildilar. 17-18-a. larda kreol va negr xalqi she’riyati rivojlandi. 19- a. da romantizm yo’nalishida, mustam- lakachilikni qoralash ruhida asarlar yaratildi. X. Marti “urush shoirlari” kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi she’rlarini to’pladi. Roman- tik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N. Eredia roman- larida realistik tamoyillar aks etdi. Zavonaviy ilg’or adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiy- demokratik romantizmdan realizmga rivojlanib bordi. Uning “Erkin she’- rlar”, “oddiy she’rlar” turkumlari- ga kiritilgan she’rlari mustamlaka- chilikka vafrat, erksevarlik ruhi b-n sug’orilgan edi. Ispaniyaga qarshi urush (1895-98) ta’sirida ijtimoiy she’ri- yat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va b. shoirlar o’tkir ijtimoiy mavzularni qalamga ol- dilar. 1920-y.lar oxirida X. S. Talet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Ameri- kasi adabiyoti tarixida A. Karpenter ijodi katta o’rinni egallaydi. Uning “Aroziy saltanat”, “yo’qolgan izlar”, “Ma’rifat asri” romanlari mashhur. Iste’dodli shoir N. Gilenning adabiy faoliyati 30-y.lar avvalida boshlandi. K.ning zavonaviy adabiyotida shoirlar- dan A. Auxer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X. Po’ng, S. Mante, M. Ko- Fino va b. barakali ijod qilmokdalar. K. adiblaridan Baragono Xose- ning “Pentagonda”, Gilen Nikolas – ning “ballada”, Kostelyanos Xesusning “Bayroq”, Vanarro Luva Manuelning “Biz engamiz”, Hamis Fayyatning “ozod- lik uchun” kabi asarlari o’zbek tili ga tarjima qilingan. Me’morligi. Qishloq joylarda indeyslar sinchli kulbalar (“boyo”), qoziqoyoqlar ustiga omborlar qurishi 20-a. gacha davom etdi. 16-a.da Gana- va, Santyago-de-Kuba, Trinidad va b. shaharlar qurildi. Ularda salobatli binolar, to’g’ri ko’chalar, Markaziy may- donida cherkov va rato’shalar barpo etil- Di. 18-a.da binolar ispancha va me-sikacha barokko hamda klassisizm uslubida ko- lonnalar, ravoklar, rangdor naqshlar b-n bezatildi. 18-a. oxiri — 19-a. bosh- larida Ganava va Trinidad ning bosh maydonlarida me’morlik majmualari paydo bo’ldi. 20-a. boshlarida Gavanada eklektika ruhida va modern uslubida, 1920-30 y.larda Evropa va Amerika zamonaviy me’morligi uslubida ko’p qanatli binolar qurila boshladi (tele- fon kompaniyasining binosi, Milliy Kapitoliy, nafis san’at saroyi va b.). 1960-y.lardan bir xil ko’rinishdagi om- maviy turar joylar qurish avj oldi. Yangi uy-joy dahalari qurildi. So’nggi yillarda keng xiyobonlar va temir-beton- dan ko’p qanatli zavonaviy uylar barpo etildi. Bunday uylarning yon-atrofida maktablar, bolalar bog’chalari, savdo va madaniy markazlar, sport maydonchalari, suv havzalari va gulzorlar paydo bo’ldi. Sanoat va transport in-shootlari, o’quv binolari, kasalxonalar, tibbiyot Mar- kazlari, poliklinikalar, sport majmu- alari va dam olish zonalari qurildi. K. me’morlari orasida mashhurlari: R. M. Franko, F. Salinas, R. Porro va b. Tasviriy san’ati. Indeyslarning kad. san’ati namunalaridan g’orlardagi suratlar, sopol idishlar, yog’och va toshdan ishlangan sanamlar saqlangan. 18-a. oxi- ri — 19-a. boshlarida diniy mavzudagi rasmlar va tarixiy voqea manzaralari, mashhur arboblarning portretlari, xalq turmushini ifodalovchi suratlar dunyoga keldi. X. N. dela Eskalera, V. Eskobar, X. B. Vermay, V. P. de Landaluse, F. Mi- ale kabi rassomlar xalq turmushiga xos manzaralarni tavsirladilar. Mamlakat Ispaniya zulmidan qutulgandan keyin ta- rixiy voqealar, jangu jadallar tasvir- langan vatanparvarlik ruhidagi surat- lar ko’paydi. Haykaltaroshlikda ham re- alizm, millat turmushiga e’ti-bor namo- yon bo’ldi (X. Sikre, T. Ramos Blanko, E. Betankur). Novator rassomlar V. Garsia, A. Gattorno, X. Arche, E. Avela, K. Enri- kes va b. xalq turmushini zo’r ehtiros b-n tasvirladilar. Keyingi yillarda umum- lashma ramziy obrazlar yaratishga inti- luvchi K. Gonsales, A. Posse, S. Moreno, A. Benites kabi rassomlar tarixiy va za- monaviy mavzularda asarlar yaratdi. Musiqasi Evropa, birinchi navbatda, Ispaniya va Afrika musiqasi asosida tarkib topdi. Afro-Kuba musiqasida ispancha ohanglar negrcha raqs b-n uyg’unlashgan. 16-18-a. larda cherkov xo- nishchilar maktablari musiqa madaniyati- ning rivojlanish markazi bo’lgan. 1776 y. Ganavada “Koliseo” teatri qurildi. 1816 y. “Santa Sesiliya” musiqa akade- miyasiga asos solindi. 19-a. boshlarida K. xalq musiqasi janrlari va milliy mavzular b-n bog’liq opera-buffa shak- llandi. 19-a. o’rtalarida milliy kompo- zitorlik maktabi vujudga keldi. 1898 y. E. Sanches de Fuentesning milliy mavzudagi birinchi operasi —”Yumuri” sahvalashtirildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida klassik va xalq musiqasi jamiyatlari, Gavana konservatoriyasi va simfonik orkestrlar paydo bo’lib, kompozitorlik ijodiyoti ravvak, topdi. K. inqilobi (1959) dan so’ng ijodiy ja- moalar qayta tuzilib, yangilari tashkil etildi, ommaviy ashula janri rivojlan- Di. A. D. Kartaya “26 iyul marshi”ning matnini va musiqasini yaratdi. Kompozi- torlardan N. Rodriges, K. Puebla, K. FA- rinyas, T. Kastelyanoslar mashxur bo’ldi. O’zbekistonda o’tkazilayotgan xalqaro simfonik musiqa va “Ilhom-XX” kamer musiqa festivallarida K. kompozitor – larining asarlari ham ijro etilmokda. Teatri. K.da qadimdan indeyslar- ning areito deb ataladigan teatr tomo- shalari ko’rsatib kelingan. 16-a. da teatr san’ati ispan diniy teatri ta’sirida rivojlandi. 17-a.da dastlabki dunyoviy teatr truppalari vujudga keldi. 18-a. ning 1-yarmida kubalik muallifning (S. Pite deb taxmin qilinadi) “Shahzoda- bog’bon yoki soxta Kloridano” degan dastlabki asari paydo bo’ldi. 1838 y. Ganavada 3 ming o’rinli “Takon” teatri ochildi. Unda drama, opera va balet spek- takllari qo’yildi. 1910 y. da teatr jami- yati tuzildi, jur.lar nashr etildi, yangi truppalar, jumladan, “Kueva” teatri (1936) tashqil topdi. 1941 y. Ganavada aktyorlar va rej.lar tayyorlash uchun dra- matik san’at akademiyasi va Gavana un-ti qoshida teatr maktabi ochildi. 40-50- y.larda P. Alfonso, K. Felipe va b. dramaturglar turli mavzularda asarlar yaratdi. Teatrlarning repertuarlaridan jahon mumtoz dramaturgiyasining na- munalari o’rin oldi. Gavanada K. mil- liy teatri (1959), eksperimental teatr (1961), Milliy qo’g’irchoq teatri (1963), Teatr uyi (1964), bolalar va o’smirlar Birlashgan milliy teatri (1966) bor. Ular milliy dramaturglardan V. Pine- ra, X. Triana, A. Estorino, R. Ferrer, E. Kintero pesalarini, jahon klassikasi asarlarini sahnalashtirgan. Kinosi. K.da kinoxronika va hujjatli filmlar 1897 y.dan suratga Oliva boshlagan. 1910-20 y.larda rej. lardan E. D. Kesela va R. Peon muntazam kino i. ch.ga asos soldilar. 30-40-y.lar- da ayrim kinofilmlardagiva K. hayoti ko’rsatildi. Ekranlarda, asosan, AQSh kinofilmlari namoyish etildi. 1959 y. Ganavada K. kino san’ati va kino sa- noati in-ti barpo etilgandan keyingi va chinakam milliy kino san’ati vujudga keldi. Ko’pgiva hujjatli filmlarning rej.lari S. Alvares, X. Espinosa, T. Alea, A. Roldan badiiy kinematografi- yaning etakchi arboblari bo’lib qolishdi. Multiplikasi-on filmlar i. ch. ri- vojlandi. K. da 450 dan ortiq kinoteatr bor. 1961 y.dan “Sine kubano” (“Kuba kinosi”) jur. nashr etildi. Keyingi yillarda “Xuan Kinkin sarguzashtlari” (rej. X. G. Espinosa), “Lyusiya” (rej. U. Solas), “Melya” (rej. E. P. Barnet), “Rancheador” (rej. S. Xiral) va b. kar- tivalar tomoshabinlarga manzur bo’ldi. Ganavada Lotin Amerikasi kinosi xalqaro festivali o’tkazib turiladi.

Leave a Reply